
Biznes markazi
Ish vaqti:24 soat
Mehmonlarimiz biznes markazning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Biznes markaz 1-qavatda joylashgan bo‘lib, nusxa ko‘chirish, nusxa ko‘paytirish (kseroks), faks, xalqaro qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, maktub va jo‘natmalar yuborishni tashkil etishga yordam berish kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Xizmatlar narxlarini qabulxona administratoridan aniqlashtirishingiz mumkin
Biznes uchrashuvlar uchun qulay joy
Kompaniyaning ishlari bilan xizmat safarida bo‘lgan xodimlar ofisdan tashqarida rasmiy vazifalarni sifatli bajarish uchun qulay sharoitlari bor mehmonxonani topish qanchalik qiyinligini yaxshi bilishadi. Axir, xizmat safari - bu ta'til emas, qolaversa, hozirgi paytda tadbirkorlik shu darajada rivojlanmoqdaki, ayrim kompaniyalar o‘z xodimlaridan 24 soat davomida aloqada bo‘lishni talab qilishadi.
