BRON QILISH
Telefon raqamingiz
Xona turi
Mehmonlar soni
Kelish (kun/oy/yil)
Yashash muddati (kun)
regal stay mehmonxonasi

Turli xil toifa va qulaylikdagi elegant xonalar

Regal Stay xizmat safari va dam olish uchun 74ta qulay va zamonaviy xonalarni taklif etadi. Har bir xonada bepul Wi-Fi, elektron kalit tizimi, spirtli ichimliklarsiz mini-bar, seyf, sun'iy yo‘ldoshga ulangan TV, choy va qahva tayyorlash uchun zarur jihozlar, shaxsiy gigiyena vositalari mavjud.

gastrobar gastrobar

Gastrobar “Sharq Marvaridi”

Gastrobar mehmonlarga to‘liq va mazali nonushta (shved stoli), shuningdek, gastrobarning o‘zida taqdim etiladigan yoki xonangizga yetkazib beriladigan ajoyib menyuni taklif etadi.

Gastrobarning e'tiborli jihati shundaki, unda "Sharq Marvaridi" menyusi taklif etiladi. Ushbu menyu jahon oshxonalarining taomlaridan iborat bo‘lib, unga Italiya, Osiyo va Sharq taomlari kiritilgan.

BATAFSIL
Spa markazi

Toshkent markazidagi so‘lim maskan

Mehmonlarning hordiq chiqarishi uchun uch xil termal hudud mavjud: bug‘li hammom va fin saunasi, gidromassajli suzish havzasi (kattalar uchun) va mashg‘ulot zali.

Har bir mehmonning shaxsiy ehtiyojlariga diqqat bilan munosabatda bo'lish, uyg'unlik, tinchlik bilan ta'minlash mehmonlarimizga og'ir ish kunidan keyin maksimal darajada yengillik beradi.

Ish vaqti: 10:00 dan 22:00 gacha

privilige
Biznes markazi

Biznes uchrashuvlar uchun qulay joy

Mehmonlarimiz biznes markazning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Biznes markaz 1-qavatda joylashgan bo‘lib, nusxa ko‘chirish, nusxa ko‘paytirish (kseroks), faks, xalqaro qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, maktub va jo‘natmalar yuborishni tashkil etishga yordam berish kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

Xizmatlar narxlarini qabulxona administratoridan aniqlashtirishingiz mumkin

Ish vaqti: 24 soat

privilige
Konferensiya zali

Sizning hamkasblaringiz hayratda qo‘lishadi

Zalda muzokaralar, uchrashuvlar, seminarlar, biznes treninglar va boshqa tadbirlani tashkil etish uchun barcha qulayliklar mavjud.

Zalning tuzilishini talablaringizga binoan o‘zgatirish mumkin. Qo‘shimcha mebel, kanselyariya mollari, zarur texnik uskunalar so‘rovingizga asosan taqdim etiladi.

Zalning sig‘imi: 40ta odam

privilige

Maxsus takliflar

Mijozlarimizni mamnun etish uchun ajoyib sharoitlarni taklif etamiz

Talabnoma qoldiring

Agar sizda savollar tug'ilsa, quyidagi so‘rovnomani to‘ldiring va menejerimiz tez orada siz bilan bog'lanib, qayta qo‘ng'iroq qiladi